DataLife Engine / Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Effect.uz saytida e'lon qilingan Bog'ot tumani Bog'iston mahallasi Yorug'lik ko'chasida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan tumanning Bog'iston mahallasidagi 8 ta xonadonga kirib chiqish yo'lini ochib berishni so'rab qilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilamiz. O'rganish jarayonida fuqaro X.Sodiqovning murojaati bo'yicha turar-joylarga kirib chiqish uchun so'ralayotgan yo'l hududi "Dehqonobod" qishloq xo'jaligi xaritasining 18-konturida bo'lib, ushbu konturning umumiy yer maydoni  8,8 gektarni tashkil qiladi, shundan 3 gektari tokzorlar bo'lib, 2,5 gektarida “Murodjon o'g'li” fermer xo'jaligiga qarashli, qolgan 0,5 gektar hozirgi kunda tuman hokimligi zaxirasida, qolgan 5,8 gektar yer maydoni dala tomorqa sifatida fuqarolar tomonidan foydalanib kelinayotgani ma`lum bo'ldi. Fuqaro Sodiqov Xamroga ekin yer maydonlaridan yer kodeksining 44-moddasida Sug'oriladigan yerlarni qishloq xo'jaligidan boshqa maqsadlar uchun, xususan, sanoat va fuqarolik obyektlari (bino va inshotlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg'or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo'llaniladigan issiqxonalar qurilish uchun ajratishga yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yilgan. Agarda ekin yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda yoxud qurilish ishlari ishlari amalga oshirilgan taqdirda, Fuqarolik kodeksining 201-moddasida nazarda tutilgan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek, imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini qo'pol tarzda buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino inshoot yoki o'zga ko'chmas mulk o'zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanishi, o'zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmasligi, bu shaxs qurgan imoratini boshqa bitimlar tuzishga haqli emas, deb belgilab qo'yilgan va ushbu ekin yerida qurilgan barcha turdagi qurilish sudning tegishli qaroriga asosan buzib tashlanishini ma'lum qilamiz. 
14-03-2024, 10:25
Вернуться назад